10:15 15.07.2025O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 9 apreldagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2025 yil 19 iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-95-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hokimliklarning tashkiliy-kadrlar guruhi rahbar va mas’ul xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.
Seminarda viloyat, tuman va shahar hokimliklaridan tashkiliy-kadrlar bo‘limi rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi. Unda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish jarayoni, milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatchilari uchun odob-axloq qoidalari va odob-axloq komissiyalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar bo‘lib o‘tadi.
Tadbir ishtirokchilari malakalarini oshirish bilan birga, kadrlar siyosatidagi yangi yondashuvlar va islohotlar yuzasidan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati