13:15 12.07.2025Yangi Namangan tumanida imtihon jarayonlarini adolatli, shaffof va xavfsiz tashkil etish maqsadida yaratilgan tashkiliy-texnik shart-sharoitlar o‘rganildi. Tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish davomida imtihon binolari, nazorat va kuzatuv tizimlari, tibbiy xizmat hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Joylarda imtihonlarni yuqori saviyada, oshkora va xavfsiz o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani qayd etildi. Shuningdek, tashkilotchilik bilan bog‘liq ayrim masalalar joyida hal etilib, aniq vazifalar belgilab berildi.
Bunday tizimli yondashuvlar imtihon jarayonlarini xalqaro talablarga mos ravishda tashkil etishga, abituriyentlar uchun teng va adolatli imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati