14:10 12.07.2025Tumanning Abu Rayxon Beruniy nomli mahallasida joylashgan mazkur qozonxona ayni paytda markazlashgan issiqlik tizimi asosida hududdagi 5 ta ko‘p qavatli uyni isitishga xizmat qiladi.
Ushbu qozonxona 2025 yilda mukammal ta’mirdan chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unga asosan issiqlik tarmog‘i hamda ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik tarmoqlari soz holatga keltiriladi. Natijada hududda joylashgan 17 ta ko‘p qavatli uylar hamda 5 ta ijtimoiy soha ob’yektlari to‘laqonli issiqlik tizimi bilan qamrab olinadi. Bu ishlar uchun 17,811 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ sarf etilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati