17:25 27.01.2025Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi raisi Solijon Moʻminov Yangi Namangan tumanida boʻlib, Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi. Tumandagi 20 ta okrugdan saylangan deputatlarning hamda tuman Kengashining 2025-yildagi vazifalari va rejalari muhokama etildi.
Shuningdek, mahallarda odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni “Mahalla-Kengash-Senat” tamoyili asosida hal etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Kengashning doimiy komissiya raislari bilan muloqot oʻtkazilib, Kengashda qabul qilinadigan qarorlarning taʼsirchanligini oshirish, aholi muammolarini yechishda ijro organlari bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Kengashda roʻyxatga olingan partiya deputatlik guruhlari tomonidan Kengash sessiyalarida koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni har tomonlama puxta oʻrganish va Qonuniy taʼsirchan qarorlar qabul qilish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati