10:00 08.01.2026Yangi Namangan tumanida 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan maxsus shtab faoliyati tuman rahbariyati tomonidan muntazam nazorat qilinmoqda.
Kuz-qish mavsumi bo‘yicha shtab faoliyati doimiy nazoratda
Yangi Namangan tumanida 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan maxsus shtab faoliyati tuman rahbariyati tomonidan muntazam nazorat qilinmoqda.
Bugun ham shtabdagi mavjud holat, kelib tushayotgan murojaatlar hamda ularning yechimlari tizimli ravishda tahlil etildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda fuqarolar bilan xushmuomala munosabatda bo‘lish, muammolarni tezkor va samarali hal etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shtab xodimlariga mavsumga oid masalalar yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni doimiy yuritish va aholi murojaatlarini o‘z vaqtida yechimga keltirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.