12:15 07.01.2026Yangi Namangan tumani hokimi tumandagi 19-sonli oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, muassasaning moddiy-texnik bazasi va mavjud sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
19-sonli oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
Yangi Namangan tumani hokimi tumandagi 19-sonli oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, muassasaning moddiy-texnik bazasi va mavjud sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Poliklinika “Yoshlik”, “Mustaqillikning besh yilligi”, “Bunyodkor” va “Saxovat” mahallalari aholisiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, tor mutaxassislar faoliyati hamda tez tibbiy yordam xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
O‘rganish jarayonida qish mavsumida yuklamalar oshishini inobatga olgan holda isitish, elektr va suv ta’minotining uzluksiz ishlashi, navbatchilik rejalari, tez tibbiy yordam xizmati tayyorgarligi va dori-darmon zaxiralari holati ko‘zdan kechirildi.
Tuman hokimi tomonidan tibbiy xizmat samaradorligini oshirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarish va xizmat sifatini barqaror saqlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.