11:20 07.01.2026Yangi Namangan tumani hokimi “Saxovat” mahallasi hududida joylashgan “Yoshlik” kichik sanoat zonasiga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida KSZdagi korxonalar misolida ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilayotgan ish o‘rinlari va mahalliy aholining bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi.
Yangi Namangan tumani hokimi “Yoshlik” KSZ faoliyati bilan tanishdi
Yangi Namangan tumani hokimi “Saxovat” mahallasi hududida joylashgan “Yoshlik” kichik sanoat zonasiga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida KSZdagi korxonalar misolida ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilayotgan ish o‘rinlari va mahalliy aholining bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi.
Jumladan, “Climate Line Trade” MCHJ korxonasi faoliyati misolida hududda 20 nafardan ortiq aholi ish bilan ta’minlanayotgani, oyiga 10 ming donadan ziyod mahsulot ishlab chiqarilayotgani qayd etildi.
Korxonaning kelgusidagi kengaytirish rejalari va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.