Sayt test rejimida ishlamoqda!
Hokim yordamchilari faoliyati tahlil qilindi
  • Yangiliklar
  • 19:15 06.01.2026
  • 80
  • Iqtisod va moliya

Yangi Namangan tumani hokimligi majlislar zalida hududlarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Hokim yordamchilari faoliyati tahlil qilindi

Yangi Namangan tumani hokimligi majlislar zalida hududlarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar tahlil etildi.

Og‘ir toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar alohida ko‘rib chiqilib, hududlarni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalarni rivojlantirish va mikroloyihalarni joriy etish orqali aholi bandligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, 2026 yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilinib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.