13:35 06.01.2026“Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hududida usti yopiq mini stadion qurilishi boshlandi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 1 mlrd 450 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida usti yopiq mini stadion barpo etilmoqda
“Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hududida usti yopiq mini stadion qurilishi boshlandi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 1 mlrd 450 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Qurilish ishlari doirasida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun zamonaviy infratuzilma yaratilmoqda. Jumladan, usti yopiq mini stadion bilan bir qatorda voleybol maydoni hamda “work out” (ochiq sport mashqlari) maydoni qo‘shimcha tarzda barpo etilmoqda.
Mazkur loyiha o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
“Tashabbusli byudjet” doirasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan.