10:35 06.01.2026Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasda joylashgan “Uzenergotransformator” MCHJ transformator ishlab chiqarish yo‘nalishida samarali faoliyat olib bormoqda. Korxona 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 15 nafar ishchi mehnat qilmoqda hamda mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Sanoat korxonasida ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasda joylashgan “Uzenergotransformator” MCHJ transformator ishlab chiqarish yo‘nalishida samarali faoliyat olib bormoqda. Korxona 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 15 nafar ishchi mehnat qilmoqda hamda mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Tuman hokimi korxona rahbari bilan uchrashib, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalarini muhokama qildi.
Tadbirkor tomonidan kelgusi rejalar va korxonani yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.