11:35 05.01.2026Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasida joylashgan “Textil production for men” MCHJ 2015 yilda tashkil etilgan. Korxona bugungi kunda 45 nafar mahalliy aholini doimiy ish bilan ta’minlab, tumanning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
“Textil production for men” MCHJ faoliyati: eksport salohiyati oshmoqda
Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasida joylashgan “Textil production for men” MCHJ 2015 yilda tashkil etilgan. Korxona bugungi kunda 45 nafar mahalliy aholini doimiy ish bilan ta’minlab, tumanning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlari xorijiy bozorlarga yo‘naltirilgan. Xususan, 2025 yilda Turkmanistonga 300 ming AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan. 2026 yilda esa Rossiya Federatsiyasiga 500 ming AQSH dollari hajmida eksport amalga oshirish rejalashtirilgan.
Tuman hokimi Adhamjon Karabayev mazkur ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, mehnat sharoitlari, mahsulotlar sifati hamda kelgusi rejalar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida ish ko‘lamini kengaytirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.