16:15 03.01.2026Yangi Namangan tumanidagi 4R-117 Shimoliy aylanma yo‘lida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda. Chortoq yo‘lining 29–35 km oralig‘ida lotoklar o‘rnatilib, yo‘l 6 polosali qilib kengaytirilmoqda, shuningdek, piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakchalar barpo etilmoqda.
Chortoq yo‘lining 29–35 km oralig‘ida yo‘l infratuzilmasi modernizatsiyalanmoqda
Yangi Namangan tumanidagi 4R-117 Shimoliy aylanma yo‘lida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda. Chortoq yo‘lining 29–35 km oralig‘ida lotoklar o‘rnatilib, yo‘l 6 polosali qilib kengaytirilmoqda, shuningdek, piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakchalar barpo etilmoqda.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2024 yil 11 dekabrdagi 137-sonli bayoniga asosan, pudratchi “Rovuston qurilish servis” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalliy aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l harakati muhitini yaratish hamda tumanning transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus sanaladi.