14:40 03.01.2026“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” doirasida Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bugun tuman hokimi Adhamjon Karabayev loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
“Mingterak” mahallasida rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” doirasida Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bugun tuman hokimi Adhamjon Karabayev loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Dasturga muvofiq, mahallada 61 km ichki yo‘lning 10 km qismi asfaltlanadi, 10 km yo‘l shag‘allanadi. Ichimlik suvi ta’minoti yetib bormagan 25 ta xonadonga 1,8 km yangi tarmoq tortiladi.
Elektr ta’minoti sohasida 26 ta transformatordan 4 tasi ta’mirlanib, 5 tasi almashtiriladi va 4 ta yangi transformator o‘rnatiladi. Shuningdek, 60 km elektr tarmoqlarining 12 km qismi yangilanib, 8 km yangi tarmoq tortiladi, 30 ta yaroqsiz ustun almashtirilib, 20 ta yangi beton ustun o‘rnatiladi.
Ijtimoiy sohada 45 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi 0 foizga tushiriladi. 282 ta oila ijtimoiy reyestrdan chiqariladi, 156 nafar bola qo‘shimcha to‘garaklarga jalb etiladi. DXSH asosida tibbiyot muassasasi tashkil etiladi.
Iqtisodiy yo‘nalishda esa 32 ta tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilib, 40 ta mikroloyiha ishga tushiriladi, natijada 71 nafar aholi doimiy ish bilan ta’minlanadi.