Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Yoshlik baraka” chorva bozorida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
  • Yangiliklar
  • 13:15 03.01.2026
  • 61
  • Iqtisod va moliya

Yangi Namangan tumanining “Bunyodkor” mahallasida joylashgan “Yoshlik baraka” chorva hayvonlari bozorida yaratilgan shart-sharoitlar hamda xavfsizlik choralari o‘rganildi.

“Yoshlik baraka” chorva bozorida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Yangi Namangan tumanining “Bunyodkor” mahallasida joylashgan “Yoshlik baraka” chorva hayvonlari bozorida yaratilgan shart-sharoitlar hamda xavfsizlik choralari o‘rganildi.

Ko‘zdan kechirish davomida bozor hududining sanitar holati, savdo joylarining tartibli tashkil etilgani, veterinariya nazorati hamda jamoat tartibini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar bilan tanishildi. Shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Xavfsiz va qonuniy savdo muhitini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi.