Sayt test rejimida ishlamoqda!
Obodlik yo‘lidagi fidokorlik e’tirof etildi
  • Yangiliklar
  • 09:10 03.01.2026
  • 51
  • Ommaviy tadbirlar

Yangi Namangan tumani hokimi Adhamjon Karabayev bugun ish kunini tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuvdan boshladi. Hokim mehnatkashlarga, ozodalik va tozalik posbonlariga samimiy “xormang” deya murojaat qildi.

Obodlik yo‘lidagi fidokorlik e’tirof etildi

Yangi Namangan tumani hokimi Adhamjon Karabayev bugun ish kunini tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuvdan boshladi. Hokim mehnatkashlarga, ozodalik va tozalik posbonlariga samimiy “xormang” deya murojaat qildi.

Suhbat chog‘ida tuman hududini obod, ozoda va ko‘rkam etish yo‘lida olib borilayotgan samarali mehnat, mas’uliyat va fidokorlik alohida ta’kidlandi. Hokim ularning jamoatchilik kayfiyati va yashash muhitini yaxshilashdagi muhim o‘rnini e’tirof etib, chin dildan minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, obodonlashtirish ishlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarga kelgusi ishlarida mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va omad tiladi.