Sayt test rejimida ishlamoqda!
2-sonli tug‘ruq kompleksida issiqlik tizimining barqaror ishlashi ta’minlanmoqda
  • Yangiliklar
  • 11:00 02.01.2026
  • 57
  • Tashriflar

Yangi Namangan tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doimiy nazoratga olingan. Shu maqsadda 2-sonli tug‘ruq kompleksida o‘rganish ishlari olib borildi.

2-sonli tug‘ruq kompleksida issiqlik tizimining barqaror ishlashi ta’minlanmoqda

Yangi Namangan tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doimiy nazoratga olingan. Shu maqsadda 2-sonli tug‘ruq kompleksida o‘rganish ishlari olib borildi.

Ko‘rik davomida tibbiyot muassasasining issiqlik, elektr va suv ta’minoti tizimlari, shuningdek, energiya tejamkor uskunalarning texnik holati tekshirildi. Bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda profilaktika va ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, 2025 yilda kuzatilgan nuqsonli tug‘ruq holatlari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, maishiy korrupsiyaning oldini olish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. 

Muammolarni bartaraf etish va salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan galdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.