15:45 29.12.2025Adham Karabayev 1985 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yilda Namangan muhandislik- texnologiya institutining elektr energetika yo‘nalishini tamomlagan.
Adham Karabayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi
Adham Karabayev 1985 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yilda Namangan muhandislik- texnologiya institutining elektr energetika yo‘nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2007 yilda “Elektrqishloqqurilish” OAJ 11-sonli mexanizatsiyalashgan jamlanma elektromontyorligidan boshlab, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda elektromontyor, muhandis, yetakchi muhandis, Namangan tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” direktori o‘rinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan.
U mazkur tayinlovga qadar “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.