Sayt test rejimida ishlamoqda!
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 13:05 01.12.2025
  • 365
  • Oila va xotin-qizlar

Yangi Namangan tumanidagi 71-maktabda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik aksiya” doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

 “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

Yangi Namangan tumanidagi 71-maktabda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik aksiya” doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda virtual makonda uchrayotgan tazyiq va tahdidlar, shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqatish, kiberbulling kabi holatlarning avj olayotgani ta’kidlandi. Bunday huquqbuzarliklar ayollar va qizlarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilishi, ijtimoiy hayotdan chetlashishiga sabab bo‘layotgani ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Uchrashuv davomida zo‘ravonlikning oldini olish, xususan onlayn xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tushunchalar berilib, fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.