17:15 28.11.2025Yangi Namangan tumanining “Go‘zal” mahallasi hududidan o‘tuvchi D-1000 suv tarmog‘i YeBRR moliyalashtiruvchi loyihasi doirasida keng ko‘lamda modernizatsiya qilinmoqda. Loyiha asosida 350 metrlik eng muhim qism “Adolat” quruvchi kompaniyasi tomonidan zamonaviy standartlarga muvofiq yangilanmoqda.
Yangi Namanganda suv ta’minotini takomillashtirish ishlari davom etmoqda
Yangi Namangan tumanining “Go‘zal” mahallasi hududidan o‘tuvchi D-1000 suv tarmog‘i YeBRR moliyalashtiruvchi loyihasi doirasida keng ko‘lamda modernizatsiya qilinmoqda. Loyiha asosida 350 metrlik eng muhim qism “Adolat” quruvchi kompaniyasi tomonidan zamonaviy standartlarga muvofiq yangilanmoqda.
Loyiha yakuniga yetkazilganidan so‘ng Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari hamda Namangan shahar aholisi uchun suv ta’minoti barqaror va sifatli bo‘lib, mahalliy aholi hayotida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Bu ishlar nafaqat aholi uchun qulayliklar yaratadi, balki suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi va shahar infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.