14:15 25.11.2025Yangi Namangan tumanining “Go‘zal” mahallasida joylashgan “VODIY SOF QO‘GOZI” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, korxonada 20 nafar ishchi mehnat qiladi.
Korxona murojaati asosida kommunal masala bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
Yangi Namangan tumanining “Go‘zal” mahallasida joylashgan “VODIY SOF QO‘GOZI” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, korxonada 20 nafar ishchi mehnat qiladi.
2024 yil davomida korxona tomonidan mahalliy bozor uchun 500 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Joriy 2025 yilda esa ishlab chiqarish hajmi 650 million so‘mga yetkazildi. 2026 yildan boshlab esa mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan.
Bugun tuman hokimi korxona faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayoni va kelgusi rejalarni o‘rgandi. Uchrashuvda korxona rahbariyati kommunal infratuzilmaga oid muammo haqida murojaat qildi. Mazkur masala bo‘yicha tegishli yechim choralari belgilandi.