15:05 24.11.2025Yangi Namangan tumanida hududlarni obodonlashtirish va namunali muhit yaratishga qaratilgan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mahallalar bosqichida g‘olib deb topilgan 12 ta MFY vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Yangi Namangan tumanida hududlarni obodonlashtirish va namunali muhit yaratishga qaratilgan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mahallalar bosqichida g‘olib deb topilgan 12 ta MFY vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
Tuman ishchi komissiyasi, mahalla faollari va Mahalla uyushmasi Kengashi a’zolaridan iborat hay’at tomonidan taqdimotlar belgilangan nizom asosida baholandi.
Natijalar:
“Obod xonadon” nominatsiyasi
1-o‘rin — Tinchlik MFY
2-o‘rin — Axsikent MFY
3-o‘rin — Sohil MFY
“Obod ko‘cha” nominatsiyasi
1-o‘rin — Istiqbol MFY
2-o‘rin — B. Mashrab MFY
3-o‘rin — Atangan guzar MFY
“Obod mahalla” nominatsiyasi
1-o‘rin — Bunyodkor MFY
2-o‘rin — Mingterak MFY
3-o‘rin — Mingchinor MFY
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yakunda g‘olib mahallalarga estalik sovg‘alari topshirildi.