11:55 22.11.2025Yangi Namangan tumanidagi “Yoshlik baraka” bozori uchinchi bor xalqaro zotdor hayvonlar va parrandalar ko‘rgazmasiga mezbonlik qilmoqda. Festival nafaqat soha mutaxassislarini, balki butun o‘lka bo‘ylab ishqibozlarni bir joyga jamlamoqda.
Namanganda 3-xalqaro zotdor hayvonlar ko‘rgazmasi boshlandi; nufuz va qiziqish toboro ortib bormoqda
Yangi Namangan tumanidagi “Yoshlik baraka” bozori uchinchi bor xalqaro zotdor hayvonlar va parrandalar ko‘rgazmasiga mezbonlik qilmoqda. Festival nafaqat soha mutaxassislarini, balki butun o‘lka bo‘ylab ishqibozlarni bir joyga jamlamoqda.
Tantanali ochilishda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov bu an’anaviy tadbir Namanganda festivallar muhitini boyitish, turizm salohiyatini oshirish va sohaga zamonaviy yondashuvni joriy etishda muhim o‘rin tutayotganini qayd etdi.
Bu yil ham ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, jumladan qo‘shni mamlakatlardan kelgan chorvachilar zotdor hayvonlar va noyob parrandalarni namoyishga qo‘ymoqda. Ularning har biri o‘zining xususiyatlari va qadri bilan ishtirokchilar e’tiborini tortadi.
Tadbirga qiziquvchilar soni yil sayin ortib, ko‘rgazma Namanganning o‘ziga xos brendlaridan biriga aylanib bormoqda. Bu nafaqat chorvachilikdagi hamkorlik va tajriba almashishni mustahkamlamoqda, balki viloyat turizm rivojiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.