15:15 18.11.2025Yangi Namangan tumanida 2013 yilda tashkil etilgan “Mega master textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 30 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona asosan mahalliy bozor uchun tikish mahsulotlari ishlab chiqaradi.
“Mega master textile” korxonasi 2025 yilda eksport yo‘nalishlarini kengaytirmoqda
Yangi Namangan tumanida 2013 yilda tashkil etilgan “Mega master textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 30 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona asosan mahalliy bozor uchun tikish mahsulotlari ishlab chiqaradi.
2024 yil davomida korxona tomonidan 250 million so‘mlik mahsulot ichki bozorga yetkazilgan. Joriy 2025 yilda esa Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlariga qiymati 50 ming dollarlik eksport amalga oshirilgan.
Bugun tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va kelgusi rejalar bilan tanishdi. Tadbirkor elektr masalasi hamda qo‘shimcha bino qurish uchun joy bilan bog‘liq muammolarini aytdi. Bu borada yechim choralari belgilandi hamda eksport xajmini oshirish borasida zaruriy tavsiyalar berildi.