Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 11:30 14.11.2025
  • 74
  • Hukumat qarorlari ijrosi

Yangi Namangan tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun tumandagi 89-maktab hududida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazilib, turli xil manzarali va mevali daraxtlar yerga qadaldi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda

Yangi Namangan tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun tumandagi 89-maktab hududida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazilib, turli xil manzarali va mevali daraxtlar yerga qadaldi.

Ma’lumot uchun, kuzgi mavsum davomida tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablariga jami 4500 tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Hozirga qadar 500 tup daraxt ekilgan bo‘lib, mazkur ishlar bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Tadbir ishtirokchilari yosh avlodda tabiatga mehr va ekologik madaniyatni shakllantirishda bunday loyihalarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladilar.