Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
  • Yangiliklar
  • 13:15 07.11.2025
  • 88
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumanidagi “Sihatgoh” mahallasida joylashgan 2-sonli Abu Ali Ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi.

Yangi Namangan tumani hokimining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Yangi Namangan tumanidagi “Sihatgoh” mahallasida joylashgan 2-sonli Abu Ali Ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi.

Qabulda fuqarolar yo‘l ta’miri, suv va elektr ta’minoti, salomatlikni tiklash, subsidiya ajratish, shartnoma pulini to‘lab berish, bandlik va uy-joy bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni ko‘tarishdi.

Hokim har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, mas’ul idora va tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi. Maqsad – murojaatlar tezkor va samarali hal etilishi, aholi manfaatlarining ta’minlanishidir.