12:25 07.11.2025Yangi Namangan tumanida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan vazifalar taqdimoti bilan tanishildi. Taqdimotda aholi va ulgurji iste’molchilar uchun tabiiy gaz ta’minoti tarmoqlarini alohida yo‘nalishlarda ajratish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
Yangi Namangan tumanida gaz ta’minoti tizimini takomillashtirish va rivojlantirish ishlari bilan tanishildi
Yangi Namangan tumanida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan vazifalar taqdimoti bilan tanishildi. Taqdimotda aholi va ulgurji iste’molchilar uchun tabiiy gaz ta’minoti tarmoqlarini alohida yo‘nalishlarda ajratish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
Taqdimotda 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, gaz taqsimlash punktlarini ta’mirlash hamda iste’molchilarni barqaror gaz bilan ta’minlash chora-tadbirlari haqida ham ma’lumot berildi. Shuningdek, 2026–2028 yillarda gaz ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Ma’lumot uchun, tumanda jami 22 216 ta tabiiy gaz iste’molchisi mavjud bo‘lib, shundan 744 tasi ulgurji, 21 472 tasi aholi hisoblanadi.