10:10 07.11.2025Yangi Namangan tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “mahalla yettiligi” va faol fuqarolar hamkorligida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangi Namangan tumanidagi mahallalarga 12 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladi
Yangi Namangan tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “mahalla yettiligi” va faol fuqarolar hamkorligida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun erta tongdan shu maqsadda mahalla binolari atrofi obodonlashtirilib, kuzgi gul va manzarali ko‘chatlar ekishga kirishildi.
Tadbir doirasida 12 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Shu jumladan, 2200 dan ziyod ko‘chat kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga, 450 dan ortig‘i yakka yolg‘iz keksalar xonadonlariga, 6000 dan ziyod ko‘chat aholi xonadonlari hamda ko‘chalarga, 350 dan ortiq ko‘chat esa “Mahalla bog‘lari”ga ekiladi. Natijada 75 gektardan ziyod hudud obodonlashtirilib, mahallalarning yashillik darajasi sezilarli oshadi.
Bu tadbir “Yashil makon” loyihasi orqali yanada sog‘lom, ko‘rkam va farovon muhit yaratishga xizmat qiladi.