17:15 31.10.2025Yangi Namangan tumanida 2010 yilda tashkil etilgan “METAL BRAND” mas’uliyati cheklangan jamiyati temir simdan turli turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada 20 nafar ishchi mehnat qiladi.
Hozirda korxonada temir simdan zaborlar, kladochnaya setka va shunga o‘xshash 4–5 xil mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Yillik ishlab chiqarish hajmi 15–20 ming dona mahsulotni tashkil etadi.
Bugun tuman hokimi mazkur korxona faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayoni va mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi. Suhbat davomida tadbirkor yo‘l masalasi bo‘yicha murojaat qildi. Mazkur masalani yechimga keltirish uchun tegishli choralar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati