Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 16:15 31.10.2025
  • 77
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumanidagi “Sihatgoh” mahallasida joylashgan 2-son Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda fuqarolar yo‘l ta’miri, suv va elektr ta’minoti, salomatlikni tiklash, subsidiya ajratish, shartnoma pulini to‘lab berish, bandlik va uy-joy hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bilan chiqishdi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, muammolarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati