17:15 31.10.2025Yangi Namangan tumani xalq deputatlari Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Jobir Abdullayev rahbarlik qildi.
Yig‘ilishda deputatlar, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Kun tartibida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, aholi turmush darajasini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati