15:15 30.10.2025Yangi Namangan tumanining “Saxovat” mahallasida joylashgan “Oltinko‘l best market” MCHJda tadbirkor murojaati joyida o‘rganildi.
Korxona hozirda xo‘jalik ehtiyoji uchun gugurt ishlab chiqarish bilan birga, 1000 dan ortiq parranda parvarishlashni yo‘lga qo‘ygan. Bu yerda 15 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Loyiha to‘liq ishga tushgach, qo‘shimcha 80 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Tadbirkor faoliyatini yanada kengaytirib, mahallada xususiy bog‘cha va maktab qurish rejasini bildirdi. Tuman hokimligi tomonidan mazkur tashabbusni amalga oshirishda zarur ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati