Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda “Jasorat maktabi” harbiy o‘quv yig‘inining beshinchi mavsumi boshlandi
  • Yangiliklar
  • 14:00 23.10.2025
  • 111
  • Yoshlar siyosati

Namangan viloyatida “Jasorat maktabi” harbiy o‘quv yig‘inining beshinchi mavsumi o‘z faoliyatini boshladi. Tadbir Namangan viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi”da tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy hayot bilan tanishtirish hamda bu soha bo‘yicha qiziqishini oshirishga qaratilgan. 10 kun davom etadigan mashg‘ulotlarda esa ishtirokchilar vatanga sadoqat, tartib-intizom, jismoniy va ruhiy bardoshlilik kabi fazilatlarni yanada mustahkamlashadi.

Uchrashuv yakunida yoshlarga o‘quv jarayonida foydalanish uchun zaruriy narsalar topshirildi