Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi boshlandi 
  • Yangiliklar
  • 18:00 22.10.2025
  • 87
  • Yoshlar siyosati

Bugun Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, sportchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.

Mazkur musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan iqtidorli gimnastikachilar jamoaviy va yakkalik bahslarida o‘zaro kuch sinashmoqdalar.

Badiiy gimnastika go‘zallik, nafislik va mahorat uyg‘unligini namoyon etuvchi sport turi sifatida bugungi kunda yurtimizda tobora ommalashib bormoqda.