Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Jadidlar izidan” tanlovining Yangi Namangan tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
  • Yangiliklar
  • 18:00 17.10.2025
  • 120
  • Yoshlar siyosati

Yangi Namangan tumanida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda tumandagi 22 ta maktabdan 44 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda o‘quvchilar 25 ta savoldan iborat test topshiriqlarini bajarib, 50 ballik tizimda baholandi. Ikkinchi bosqich esa jadidlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan savol-javoblardan iborat bo‘ldi.

Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Mazkur tanlov yoshlar orasida jadidlar merosini chuqur o‘rganish va ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati