12:15 12.10.2025Respublikamizda 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Yangi Namangan tumanida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Impuls tibbiyot instituti”da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman bo‘limi hamkorligida talaba va o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuv hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbirda kuz-qish mavsumida yong‘in, is gazi va boshqa xavflarning oldini olish, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalar turar joylarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga oid tavsiyalar yetkazildi.
Bunday profilaktik mashqlar tumanda muntazam o‘tkazilib, aholi xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati