Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda “Jasorat maktabi” harbiy o‘quv yig‘inining to‘rtinchi mavsumi boshlandi
  • Yangiliklar
  • 12:00 10.10.2025
  • 103
  • Yoshlar siyosati

Bugun Namangan viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi”da “Jasorat maktabi” harbiy o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari boshlandi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatchilar hayoti bilan yaqindan tanishtirish va bu sohaga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari O. Bozorov, Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i B. Mirzatov, viloyat ichki ishlar hamda mudofaa ishlari boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv yig‘in mashg‘ulotlari 10 kun davom etib, yoshlarda vatanga sadoqat, tartib-intizom, jismoniy va ruhiy bardoshlilik kabi fazilatlar yanada mustahkamlanadi.