Sayt test rejimida ishlamoqda!
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tahliliga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 15:05 02.10.2025
  • 73
  • Ochiq muloqot

Ta’kidlaganidek, Yangi Namangan tumanidagi barcha ijtimoiy soha ob’yektlarida ushbu mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, muassasalarning isitish tizimlari va elektr taqsimlagichlar to‘liq nazoratdan o‘tkazilgan hamda holat doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Shuningdek, tumanda ko‘mir mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berish choralari ham ko‘rilmoqda. Joriy mavsumda ijtimoiy soha muassasalariga 6 809 tonna hamda aholi xonadonlariga 13 305 tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunga qadar ijtimoiy soha muassasalariga rejada ko‘rsatilgan 6 057 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Aholi xonadonlariga esa ko‘mir tarqatish ishlari reja grafik asosida davom etmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati