Sayt test rejimida ishlamoqda!
O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanalari bo‘lib o‘tdi
  • Yangiliklar
  • 11:00 01.10.2025
  • 69
  • Ommaviy tadbirlar

Bugun, 1 oktyabr kuni “Navbahor” tantanalar majmuasida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Yangi Namangan tumanida yosh avlod ta’limi va tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar, soha faxriylari hamda tajribali pedagoglar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida tuman hokimi so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va beqiyos xizmatlarini alohida qayd etdi. Shu munosabat bilan barcha ta’lim-tarbiya tizimi xodimlarini samimiy muborakbod etdi hamda ularning sharafli mehnatiga yuksak minnatdorlik bildirdi.

Tantanali marosimda bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylarga tuman hokimining “Faxriy yorliq”lari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram dasturi san’at ustalari va taniqli ijodkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi. Chiqishlar tadbir ishtirokchilarida ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat uyg‘otdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati