Sayt test rejimida ishlamoqda!
“ASR TEX”da yo‘l masalasiga yechim belgilandi
  • Yangiliklar
  • 17:20 25.09.2025
  • 78
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumani “Mingterak” mahallasda faoliyat yuritayotgan “ASR TEX” korxonasi 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 15 nafar ishchi bandligi ta’minlangan. Korxonada zamonaviy turdagi pechlar, mikserlar, muzlatgich va boshqa elektr texnikalar ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

“ASR TEX”da yo‘l masalasiga yechim belgilandi

Yangi Namangan tumani “Mingterak” mahallasda faoliyat yuritayotgan “ASR TEX” korxonasi 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 15 nafar ishchi bandligi ta’minlangan. Korxonada zamonaviy turdagi pechlar, mikserlar, muzlatgich va boshqa elektr texnikalar ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

2024 yilda korxona tomonidan Xitoydan 1,3 milliard so‘mlik xomashyo va mahsulotlar import qilingan bo‘lsa, 2025 yilda umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mlik tayyor mahsulotlar mahalliy bozorga yetkazib berildi. 

Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi hamda tadbirkor bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida tadbirkor yo‘l sozlash masalasi bo‘yicha murojaat qildi. Mazkur masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirish bo‘yicha mas’ul idoralarga ko‘rsatmalar berildi.