Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida zamonaviy turar-joy majmuasi barpo etilmoqda
  • Yangiliklar
  • 14:15 25.09.2025
  • 91
  • Hukumat qarorlari ijrosi

Yangi Namangan tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tumanning “Ma’naviyat” mahallasi, “Do‘stlik” ko‘chasida “Rovuston qurilish” MCHJ tomonidan zamonaviy turar-joy majmuasi qurilmoqda.

Yangi Namangan tumanida zamonaviy turar-joy majmuasi barpo etilmoqda

Yangi Namangan tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tumanning “Ma’naviyat” mahallasi, “Do‘stlik” ko‘chasida “Rovuston qurilish” MCHJ tomonidan zamonaviy turar-joy majmuasi qurilmoqda.

Loyiha doirasida 5 ta 6 qavatli uy barpo etilib, umumiy hisobda 210 xonadon foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Yangi uylar aholiga qulay va zamonaviy sharoit yaratish barobarida, tuman infratuzilmasini takomillashtirishga ham xizmat qiladi.

Tuman hokimi qurilish maydonida bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishdi. U xonadonlar atrofini obodonlashtirish, yo‘l va yo‘lakchalarni sifatli qurish hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.

Loyiha yakunlanishi bilan tumanda yana bir zamonaviy turar-joy majmuasi aholi ixtiyoriga topshirilib, yurtdoshlarimiz uchun munosib yashash sharoiti yaratiladi.