10:30 25.09.2025Namangan davlat texnika universiteti talabalari uchun Yangi Namangan tumanida qurilgan 1000 o‘rinli zamonaviy yotoqxona bugun tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Namanganda 1000 o‘rinli talabalar yotoqxonasi foydalanishga topshirildi
Namangan davlat texnika universiteti talabalari uchun Yangi Namangan tumanida qurilgan 1000 o‘rinli zamonaviy yotoqxona bugun tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Islom Karimov ko‘chasida barpo etilgan 12 qavatli inshoot davlat-xususiy sheriklik asosida qurildi. Loyihaga ko‘ra, 1 va 2 qavatlarda xususiy maktab joylashib, yoshlar uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlari yaratildi. Yuqori qavatlar esa talabalar uchun qulay va xavfsiz xonadonlardan iborat.
Yangi yotoqxona talabalarning ta’lim olish samaradorligini oshirish, ularning madaniy-ma’rifiy hayotini boyitish hamda zamonaviy sharoitlarda yashashini ta’minlashga xizmat qiladi.