13:00 25.09.2025Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan “POLIGRAF EXTRA” MCHJ turli xil qadoq va yorliq mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona hisoblanadi.
“POLIGRAF EXTRA” MCHJ ichki bozor uchun qadoq mahsulotlari tayyorlamoqda
Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan “POLIGRAF EXTRA” MCHJ turli xil qadoq va yorliq mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona hisoblanadi.
Ayni paytda mazkur korxonada 200 turdagi mingdan ortiq mahsulot tayyorlanib, ichki bozorga yetkazib berilyapti. Loyiha qiymati 1 mln dollarga teng bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari zamonaviy uskunalar asosida tashkil etilgan. Bu yerda 20 dan ziyod mahalliy aholi doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.
Tuman hokimi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi, kelgusi rejalar haqida suhbatlashildi. Shuningdek, tadbirkor tomonidan ishchi kuchi bo‘yicha bildirilgan ehtiyoj masalasi o‘rganilib, yechim choralari belgilab olindi.
Mazkur korxona tumanda sanoat salohiyatini yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlash va mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.