16:15 24.09.2025Yangi Namangan tumanining “Sohil” mahallasidan joy olgan “Taraqqiyot” sanoat va servis zonasiga maktab bitiruvchilari hamda ishsiz yoshlar uchun sayohat tashkil etildi. Tashrifdan maqsad yoshlarni turli kasb-hunarlarga qiziqtirish, ularning bandligini ta’minlash va mehnat bozorida munosib o‘rin topishiga ko‘maklashishdan iborat.
Yoshlar sanoat zonasidagi imkoniyatlar bilan tanishdi
Yangi Namangan tumanining “Sohil” mahallasidan joy olgan “Taraqqiyot” sanoat va servis zonasiga maktab bitiruvchilari hamda ishsiz yoshlar uchun sayohat tashkil etildi. Tashrifdan maqsad yoshlarni turli kasb-hunarlarga qiziqtirish, ularning bandligini ta’minlash va mehnat bozorida munosib o‘rin topishiga ko‘maklashishdan iborat.
200 nafardan ortiq yoshlar avtomobillarga xizmat ko‘rsatish markazlari hamda mahalliy mebel ishlab chiqaruvchilar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Ularga turli kasb-hunarlar va ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.
10 gektar maydonda tashkil etilgan ushbu zonada 113 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, yiliga 500 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati va 4 ming 800 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, tadbirkorlar va xonadonlar kooperatsiya asosida ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilgan.
Zonada ishsiz fuqarolarni qayta o‘qitish va kasb-hunarga yo‘naltirish imkoniyatlari ham mavjud. Bu esa yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin topishiga xizmat qilmoqda.