11:40 24.09.2025Yangi Namangan tumanidagi 60-maktabda kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Ta’mirlash doirasida asosiy bino, sinf xonalari, sport zali, hovli va yozgi sport maydoni tubdan yangilandi, zamonaviy o‘quv muhiti uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Yangi Namangan tumanidagi 60-maktab yangicha qiyofa kasb etmoqda
Yangi Namangan tumanidagi 60-maktabda kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Ta’mirlash doirasida asosiy bino, sinf xonalari, sport zali, hovli va yozgi sport maydoni tubdan yangilandi, zamonaviy o‘quv muhiti uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Loyiha doirasida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan maxsus xona, workout maydoni va 360 graduslik kuzatuv kameralari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘quvchilarning bilim olishi bilan birga ularning xavfsizligi va sog‘lom turmush tarziga ham xizmat qiladi.
Jami 15 milliard so‘m yo‘naltirilgan mazkur loyiha orqali nafaqat ta’lim jarayoni samaradorligi oshishi, balki o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit shakllanishi rejalashtirilgan.
Hozirda pardozlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda yangicha qiyofa kasb etgan 60-maktab foydalanishga topshiriladi hamda tumandagi namunaviy ta’lim maskanlaridan biriga aylanadi.