13:30 23.09.2025Yangi Namangan tumanidagi “Oila va xotin-qizlar maskani”da ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda.
Maskanda amaliy yordam va oilaviy hayot saboqlari davom etmoqda
Yangi Namangan tumanidagi “Oila va xotin-qizlar maskani”da ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda.
Bugun ham psixologik ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilib, ularning ruhiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan individual va guruh mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shu bilan birga, turli hayotiy muammolarni hal etishda maslahat va ko‘maklar berildi.
Oilaviy hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun “Oila maktabi” doirasida darslar tashkil etildi. Ularda kelin-kuyovlarga sog‘lom oila munosabatlari, o‘zaro hurmat, mas’uliyat va bag‘rikenglik kabi qadriyatlar o‘rgatildi. Shuningdek, turmushda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni to‘g‘ri hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur faoliyatlar xotin-qizlar va yosh oilalarning hayot sifatini oshirish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.