10:50 18.09.2025Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Florens Bauyer xonim ishtirok etdilar.
Yangi Namangan tumanining “Sohil” mahallasida joylashgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida xotin-qizlar va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Oila va xotin-qizlar maskani” o‘z faoliyatini boshladi.
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Florens Bauyer xonim ishtirok etdilar.
Markaz xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish kabi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, ularning ruhiy va tibbiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan maxsus dasturlar amalga oshiriladi.
Mazkur maskan xotin-qizlar va oilalarning ijtimoiy farovonligini oshirishga xizmat qilib, ularning hayot sifati yuksalishiga hissa qo‘shadi.