Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda yangi xususiy maktab faoliyati boshlandi
  • Yangiliklar
  • 11:05 03.09.2025
  • 250
  • Yoshlar siyosati

Mamlakatimizda yangi o‘quv yili quvonchli yangiliklar bilan boshlanmoqda. Yangi Namangan tumani Mingchinor mahallasida tashabbuskor tadbirkor Rahimjanov Dostonbek Ulug‘bek o‘g‘li tomonidan umumiy qiymati 1 milliard so‘mlik “Mirzo Ulug‘bek Namangan” nodavlat ta’lim muassasasi barpo etildi.

Yangi Namanganda yangi xususiy maktab faoliyati boshlandi

Mamlakatimizda yangi o‘quv yili quvonchli yangiliklar bilan boshlanmoqda. Yangi Namangan tumani Mingchinor mahallasida tashabbuskor tadbirkor Rahimjanov Dostonbek Ulug‘bek o‘g‘li tomonidan umumiy qiymati 1 milliard so‘mlik “Mirzo Ulug‘bek Namangan” nodavlat ta’lim muassasasi barpo etildi.

380 nafardan ziyod o‘quvchini qamrab olgan mazkur ta’lim maskani orqali 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Maktab o‘quv dasturi matematika, fizika, axborot texnologiyalari va chet tillariga ixtisoslashtirilgan holda tashkil etilgan.

Ushbu loyiha davlat va xususiy sektor hamkorligida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining yana bir amaliy samarasidir.