Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida yangi o‘quv yili boshlandi
  • Yangiliklar
  • 09:30 02.09.2025
  • 109
  • Yoshlar siyosati

Yurtimizda, jumladan Namangan viloyatidagi barcha maktablarda yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda start oldi. Yangi Namangan tumanidagi umumta’lim muassasalarida tadbirlar “Mahoratli pedagog — millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazildi.

Yangi Namangan tumanida yangi o‘quv yili boshlandi

Yurtimizda, jumladan Namangan viloyatidagi barcha maktablarda yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda start oldi. Yangi Namangan tumanidagi umumta’lim muassasalarida tadbirlar “Mahoratli pedagog — millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazildi.

Tumanning “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasidan joy olgan 69-sonli maktabdagi tantanali marosimda tuman hokimi, o‘quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Hokim ta’lim sohasidagi yangilanishlar haqida to‘xtalib, ishtirokchilarni mustaqilligimizning 34 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.

Shu kuni maktab ostonasini ilk bor bosgan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari — o‘quv qurollari va darsliklar topshirildi.

Ma’lumot uchun, bu yil Yangi Namangan tumanida 4 mingdan ziyod, 69-sonli maktabda esa 245 nafar bola 1-sinfga qabul qilindi.