23:00 29.08.2025Namangan shahridagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mustaqilligimiz tantanasi Namanganda ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi
Namangan shahridagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov barcha ishtirokchilarni va yurtdoshlarimizni qutlab, mamlakatmizdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar va muhim ko‘rsatkichlar haqida to‘xtaldi.
Shodiyona dasturi san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. Bayram taronasi barchaga yuqori ruhiyat bag‘ishlab, mehmonlar raqs va shodlikka chorlandi. Tantana bayramona mushakbozlik bilan yakuniga yetdi.
Bayram shukuhi joylarda davom etadi.