Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Davr Metal” eksportini 3 mln dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda
  • Yangiliklar
  • 13:35 29.04.2025
  • 70
  • Iqtisod va moliya

Yangi Namangan tumanidagi “Yoshlik” mahallasida joylashgan “Davr metal” xususiy korxonasi 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 130 nafar ishchi-xodimni ish bilan ta’minlamoqda. Korxonada uy-ro‘zg‘or uchun mo‘ljallangan 150 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi.

“Davr Metal” eksportini 3 mln dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

Yangi Namangan tumanidagi “Yoshlik” mahallasida joylashgan “Davr metal” xususiy korxonasi 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 130 nafar ishchi-xodimni ish bilan ta’minlamoqda. Korxonada uy-ro‘zg‘or uchun mo‘ljallangan 150 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi.

2024 yilda korxona tomonidan 1,5 million AQSH dollarlik mahsulot Germaniya, AQSH, Latviya va Rossiya kabi mamlakatlarga eksport qilindi. Joriy 2025 yilda esa mazkur ko‘rsatkichni 3 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Yangi Namangan tumani hokimi bugun “Davr metal”da bo‘lib, tadbirkorning kelgusi rejalariga qiziqdi. Uchrashuv davomida ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish hamda yangi bozorlarga chiqish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, hokim tomonidan korxona oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur ko‘rsatmalar berildi.